Dissertatsiya muhokamasi oʻtkaziladi
2025-yil 26-sentyabr kuni soat 10:00 da PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda Unarova Dilafruz Abdimajit qizi 10.00.11 – Til nazariyasi, amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Xalq dostonlari korpusi va uning lingvostatistik tadqiqi (“Orzigul”, “Kuntug‘mish”, “Malikai ayyor” dostonlari misolida)” mavzusidagi ilmiy ishi muhokama qilinadi.
Mazkur dissertatsiya muhokamasi filologiya sohasidagi ilmiy izlanishlarning dolzarbligi va amaliy ahamiyatini yoritishga xizmat qiladi.