Xorijlik professor-oʻqituvchilar maʼruzalar boshladi
Qoʻqon davlat universiteti hamda Qozog‘istonning A. Kuatbekov nomidagi Xalqlar do‘stligi universiteti va Markaziy Osiyo innovatsiya universiteti oʻrtasida imzolangan hamkorlik shartnomalari doirasida akademik mobillik dasturi amalga oshirilmoqda.
Ushbu tashabbus asosida qo‘shni davlatdagi nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan bir guruh professor-oʻqituvchilar Qoʻqon davlat universitetiga tashrif buyurdi. Ular talabalarga turli fanlar bo‘yicha maʼruzalar o‘qib, ilmiy-amaliy tajriba almashadilar.
Hamkorlikning mazkur yo‘nalishi talabalarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, shuningdek, ilmiy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.