Xalqaro qo‘shma dasturlar bo‘yicha kirish sinovlari o‘tkazildi
Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha kirish sinovlari o‘tkazildi
Hozirgi global ta’lim maydonida xalqaro hamkorlik asosida qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish oliy ta’lim sifatini oshirish va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda Qo‘qon davlat universiteti Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirmoqda.
Ushbu hamkorlik doirasida dasturning birinchi bosqich kirish sinovlari bo‘lib o‘tdi. Sun’iy intellekt va bank ishi bakalavriat yo‘nalishlari hamda iqtisodiyot va ta’limda axborot texnologiyalari magistratura mutaxassisligiga hujjat topshirgan abituriyentlar bilan suhbat tashkil etildi.
Suhbat jarayonini hamkor oliy ta’lim muassasasi rektori Xolnazar Omonov ingliz tilida olib bordi. Bu esa abituriyentlarning xorijiy tilda muloqot qilish qobiliyati, fikrni erkin bayon etish mahorati va kasbiy tayyorgarlik darajasini baholashda muhim omil bo‘ldi.