Orqaga
Calendar icon

Sun’iy intellekt maktabi va startaplar qo‘llab-quvvatlanadi

Bugun Qo‘qon davlat universitetiga Yevropa amaliy fanlar va menejment universiteti rektori, iqtisod fanlari doktori, professor Xolnazar Amonov tashrif buyurdi.

Mehmonni Qo‘qon davlat universiteti rektori, professor Dilnoza Xodjayeva boshchiligidagi universitet rahbariyati va xalqaro hamkorlik bo‘limi vakillari samimiy kutib oldi. Uchrashuv chog‘ida ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Suhbat davomida, eng avvalo, qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish va talabalar almashinuvi imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar, innovatsion loyihalar va o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish masalalari muhim yo‘nalish sifatida belgilandi. Shuningdek, Yevropa amaliyotiga asoslangan menejment usullarini mahalliy sharoitlarga moslashtirish, ikki tomonlama hamkorlikning strategik yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuvlar tayyorlash, Qo‘qon davlat universiteti qoshida Sun’iy intellekt maktabini ochish, yoshlar startaplarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash kabi dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

Tashrif doirasida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun kelishuv loyihalari ishlab chiqildi. Ilgari surilgan tashabbuslar Qo‘qon davlat universiteti yoshlarining ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Mazkur tashrif Qo‘qon davlat universitetining xalqaro aloqalarini mustahkamlash, ta’lim jarayonini zamonaviy innovatsiyalar bilan boyitish hamda yoshlarni global mehnat bozorida raqobatbardosh kadr sifatida tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.