Energiya samaradorligi bo‘yicha brifing o‘tkazildi
Qo‘qon davlat universiteti Bosh energetigi Azizjon Ikromov ishtirokida energiya samaradorligi va resurslarni tejash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan brifing boʻlib oʻtdi.
2024-yilda universitetda 193 ming kilovatt elektr energiya tejaldi. 683 kvt quvvatga ega quyosh fotoelektrik stansiyalari faoliyat yuritib, 579 ming kilovatt elektr energiya ishlab chiqildi.
2025-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra esa quyidagi ko‘rsatkichlarga erishildi:
180 ming kilovatt elektr energiya tejaldi;
950 kvt quvvatga ega quyosh fotoelektrik stansiyalari ishga tushirildi;
414,2 ming kilovatt elektr energiya ishlab chiqarildi;
Universitetning 11 ta binosiga reaktiv quvvatni kompensatsiya qurilmalari o‘rnatildi.
Reaktiv quvvat qurilmalari quyidagicha taqsimlandi:
San’atshunoslik va sport binosida — 220 kvar;
Ma’muriy binoda — 300 kvar;
6- va 4-o‘quv binolarida — 35 kvardan;
Qolgan binolarda — 75 kvardan.
Shuningdek, qo‘shimcha chora-tadbirlar ham amalga oshirilmoqda. Jumladan, barcha qozonxonalar ko‘mir yoqilg‘isiga asoslangan qozonlarga almashtirildi. Yil yakuniga qadar yana 200 kvtli quyosh fotoelektrik stansiyalarini o‘rnatish va universitet binolari koridor hamda zinapoyalariga 300 dona harakat sensorli LED lampalar joylashtirish rejalashtirilgan.
Mazkur chora-tadbirlar nafaqat iqtisodiy samaradorlikni ta’minlamoqda, balki ekologik muvozanatni saqlashga ham katta hissa qo‘shmoqda.
Qo‘qon davlat universitetida bundan buyon ham “Yashil universitet” tashabbuslari doirasida energiya samaradorligi va resurslarni tejash borasidagi ishlarni davom ettirishi ta’kidlandi.