Orqaga
Calendar icon

Tabiatni asrash yo‘lida talabalardan ezgu tashabbus

Bugun Qo‘qon davlat universiteti Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakultetining ko‘ngilli talaba-yoshlari mahalla va ko‘chalar hududini chiqindilardan holi etish maqsadida birlashdilar.

Ushbu tashabbus orqali talabalar atrof-muhitni toza saqlashning muhimligini targ‘ib qildilar. Talabalar tashabbusi nafaqat hududni obod qilish, balki ekologik madaniyatni oshirish, yoshlarda mas’uliyat va birdamlik tuyg‘usini kuchaytirishga ham xizmat qildi.