Orqaga
Calendar icon

QoʻqonDU talabasi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomladi

Qoʻqon davlat universiteti Aniq va raqamli texnologiyalar fakulteti talabasi Azizjon Bobonazarov “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat bilan taqdirlandi.

Mazkur kursda tinglovchilarga Data Science yo‘nalishi bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlar — matematik statistika, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish, sun’iy intellekt yordamida boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish kabi ko‘nikmalar berildi.

3-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida o‘tkazilgan yakuniy marosimda 60 nafar bitiruvchiga sertifikatlar tantanali tarzda topshirildi. Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, “Mirzo Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi Oqil Salimov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov ishtirok etdi.