Orqaga
Calendar icon

Talabalar “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasi bilan yaqindan tanishdilar

Avval xabar berganimizdek, Qoʻqon davlat universitetining bir guruh iqtidorli talabalari “Dolzarb 90 kun” loyihasi hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan safar doirasida qadim va navqiron Samarqand shahriga sayohati davom etmoqda.

Safarning ilk kunida talabalar “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasiga tashrif buyurib, majmuadagi qadimiylik va zamonaviylik uygʻunligidan bahramand boʻlishdi. Ushbu maskan oʻzida milliy hunarmandchilik sanʼatining turli yoʻnalishlarini mujassam etgan.

Sayohat doirasida talabalar uchun maxsus madaniy-koʻngilochar dastur ham tashkil etildi.