Orqaga
Calendar icon

Eko-innovation – 2025

Qo‘qon davlat universiteti talabalari diqqatiga!

“Eko-innovation – 2025” — ekologik muammolarga yechim topishga bag‘ishlangan innovatsion loyihalar tanlovi!

Yo‘nalishlar:

✅Atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni qayta ishlash va iqlim o‘zgarishiga qarshi texnologiyalar

✅Qayta tiklanuvchi energiya va energiya tejamkor texnologiyalar

✅Innovatsion ekologik texnologiyalar va qurilmalar

Ishtirokchilar: 18–35 yoshdagi bakalavr, magistr yoki doktorant talabalar. (Yakka tartibda yoki 2–3 kishilik jamoa sifatida qatnashish mumkin.)

Ariza topshirishda talab etiladi:

➡️Loyiha tavsifi va maqsadi

➡️Rasmlar, videolar va texnik hujjatlar

➡️Taqdimot materiallari

➡️Texnik prototip yoki namunalar (agar mavjud bo‘lsa)

Ariza topshirish muddati – 15-sentyabrga qadar

Arizalarni telegramdagi quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: https://t.me/shuxratovich_8855

G‘oliblar 20-sentyabr kuni aniqlanib, taqdirlanadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998951558855

Ekologik kelajagimiz uchun innovatsion g‘oya va ishlanmangizni taqdim eting!