"Dolzarb 90 kun" doirasida Samarqandga sayohat
Qoʻqon davlat universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi hamda ichki turizmni rivojlantirish doirasida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni yurtimizning tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida navbatdagi sayohat uyushtirildi.
Bugun 85 nafar talaba, 15 nafar professor-oʻqituvchi va tyutorlardan iborat guruhning Samarqand shahriga 3 kunlik madaniy-ma’rifiy sayohati boshlandi.
Ulug‘ allomalar yurti bo‘lmish Samarqand yoshlarga ilm, tarix, ma’naviyat bilan sug‘orilgan unutilmas taassurotlar ulashadi, albatta.