Orqaga
Calendar icon

Ta’lim grantlari taqsimoti natijalari e’lon qilindi

Qo‘qon davlat universitetida 2025–2026-o‘quv yili bakalavriat hamda magistratura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar uchun to‘liq va to‘liq bo‘lmagan ta’lim grantlari taqsimoti umumiy tanlov natijalari e’lon qilindi.

Ta’lim grantlarini qayta taqsimlash jarayonidan norozi bo‘lgan talabgorlar har bir ko‘rsatkich bo‘yicha 48 soat ichida Registrator ofisiga murojaat qilishlari mumkin.

Grant taqsimoti natijalari (bakalavr)

Grant taqsimoti natijalari (magistratura)


Ta’lim grantini qayta taqsimlash jarayonlaridan norozi bo‘lgan talabgorlar uchun har bir ko‘rsatkich natijalari boʻyicha Registrator ofisiga http://grant.kokandsu.uz/ sahifasi orqali apellyatsiya berish imkoniyati yaratilgan. Talabgorlardan natijalar eʼlon qilinganidan boshlab (30-avgust soat 12:24) 48 soat davomida apellyatsiya murojaatlari onlayn va offlayn qabul qilinadi. Apellyatsiya arizalari uch kun muddat ichida ko‘rib chiqiladi.

Talabgor talaba apellatsiya shikoyati berishi uchun taʼlim grantiga ariza bergan va arizasiga rad javobi berilmagan bo‘lishi lozim.

Maxsus komissiya aʼzolari tomonidan apellyatsiya murojaatlari koʻrib chiqilgandan soʻng yakuniy natijalar eʼlon qilinadi.

Telefon: +998905561018 — Maʼlumotlar bazasi boʻlimi boshligʻi A. Hasanov

Registrator ofisiga onlayn murojaat qilish: @QDU_RegOfficeBot