“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq hashari oʻtkazilmoqda
Yurtimizda Mustaqillik bayrami arafasida hududlarni obodonlashtirish, aholi salomatligini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan ezgu tashabbuslar keng miqyosda amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Mustaqilligining 34 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish, atrof-muhitni asrab-avaylash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida yurtimiz bo‘ylab 22–23 avgust kunlari umumxalq xayriya hashari tashkil etilmoqda.
Mazkur xayrli tadbir Qo‘qon davlat universitetida ham faol tarzda o‘tkazilmoqda. Universitetning ishchi-xodimlar jamoasi o‘quv binolari, yotoqxonalar va atrof-hududlarda obodonlashtirish ishlarini olib bormoqda.
Ushbu ezgu tashabbus nafaqat universitet ko‘rkini yanada chiroyli qilishga, balki jamoada birdamlik va hamjihatlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.