“Rektor kubogi” doirasida shaxmat va shashka musobaqalari bo‘lib o‘tdi
Qo‘qon davlat universitetida Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida sportning shaxmat-shashka turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada Qo‘qon shahrining 60 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan saralangan 120 nafar faol va iqtidorli yoshlar, shuningdek, Qo‘qon davlat universiteti talabalari ishtirok etdi. Bellashuvlar ikki yo‘nalishda — shaxmat va shashka bo‘yicha o‘tkazilib, yoshlarga o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etish uchun imkoniyat yaratildi.
Shaxmat musobaqasi natijalari quyidagicha:
1-o‘rin — S. Muhammadiyev
2-o‘rin — A. Nurmatov
3-o‘rin — B. Baxodirov
Shashka musobaqasida esa g‘oliblik quyidagi ishtirokchilarga nasib etdi:
1-o‘rin — Sh. Oxunov
2-o‘rin — Sh. Mamadiyev
3-o‘rin — R. Fozilov
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor ishtirokchilarga Qo‘qon davlat universiteti rektori Dilnoza Xodjayeva tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur musobaqa yoshlarda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.