Orqaga
Calendar icon

QoʻqonDU–GrodnoDU: Birinchi qaldirgʻoch bitiruvchilarga diplomlar topshirildi

Qoʻqon davlat universiteti va Belorusning Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari ilk mevasini berdi.

Avvalroq ushbu ikki nufuzli oliy taʼlim muassasasi hamkorligida yoʻlga qoʻyilgan qoʻshma taʼlim dasturi doirasida tahsil olgan talabalarimiz diplom ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilganlari haqida xabar bergan edik.

Kuni kecha psixologiya yoʻnalishini tamomlagan ilk bitiruvchilarga Grodno davlat universitetida tantanali ravishda diplomlar topshirildi.

Marosimda QoʻqonDUning Qoʻshma taʼlim dasturlarini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi Sh. Qarshiyeva onlayn tarzda ishtirok etdi. U bitiruvchilarni samimiy tabriklab, ularning ilm-fan, taʼlim va amaliy faoliyatda yuksak marralarni zabt etishiga tilaklar bildirdi.

Mazkur hamkorlik dasturi xalqaro standartlarga mos, ikki ikki tomonlama tan olingan diplomli taʼlim olish imkonini taqdim etib, yoshlarga keng ufqlar ochmoqda.