Pedagogika va psixologiya fakulteti haqida
Fakultet yuqori malakali pedagogik mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan.
Zamonaviy o‘qitish usullari va xalqaro hamkorlik faol qo‘llaniladi.
Fakultet vazifasi
Xalqaro standartlarga va ta’lim talablariga javob beradigan o‘qituvchilar tayyorlash.
Fakultet binosi
Zamonaviy o‘quv binosi
Fakultet rahbariyati
Erkaboyeva Nigora Shermatovna
2025-yil 2-apreldan Erkabaeva Nigora Shermatovna Qo‘qon davlat universiteti Pedagogika fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Erkabaeva Nigora Shermatovna 1960-yil 11-aprelda Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. 1983-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi — pedagogika va psixologiya. Pedagogika fanlari doktori, professor. Rus tilini biladi. 2014-yilda “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Mehnat faoliyati: 1977–1980 — Respublika maktabgacha tarbiya pedagogika bilim yurti talabasi 1980–1983 — Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti talabasi 1983–1984 — Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi 1984–1985 — Toshkent davlat pedagogika instituti stajyor-izlanuvchisi 1985–1989 — Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti aspiranti 1989–1993 — Qo‘qon davlat pedagogika instituti Maktabgacha tarbiya kafedrasi o‘qituvchisi 1993–1995 — Qo‘qon davlat pedagogika instituti Maktabgacha tarbiya kafedrasi katta o‘qituvchisi 1995–1998 — Qo‘qon davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi mudiri 1998–2005 — Qo‘qon davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti dekani 2005–2007 — Qo‘qon davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi dotsenti 2007–2008 — Qo‘qon davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi mudiri 2008–2014 — Qo‘qon davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti dekani v.v.b. 2014–2024 — Qo‘qon davlat pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya fakulteti dekani 2024–2025 — Qo‘qon davlat pedagogika instituti Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti dekani 2025-yil 2-apreldan — Qo‘qon davlat universiteti Pedagogika fakulteti dekani v.v.b. Erkabaeva Nigora Shermatovna uzoq yillar davomida pedagogika sohasida faoliyat yuritib, tajribali rahbar sifatida tanilgan.
Fakultet professor-oʻqituvchilari
Professor-o'qituvchilar topilmadi
Hozircha professor-o'qituvchilar haqida ma'lumot yo'q.
Fakultet kafedralari
Pedagogika kafedrasi
Pedagogik jarayonlarni chuqur o'rganish va ta'lim tizimida samarali amaliyotlarni joriy etishga yo'naltirilgan ilmiy maskan.
Psixologiya kafedrasi
Psixologik jarayonlarni chuqur tahlil qilish hamda shaxs rivojlanishini ilmiy asosda o'rganishga yo'naltirilgan ilmiy maskan.
Maxsus pedagogika kafedrasi
Maxsus ehtiyojli shaxslar uchun innovatsion ta'lim metodlarini ishlab chiqish va qo'llashga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot markazi.
Maktabgacha ta’lim kafedrasi
Maktabgacha ta'lim sohasi bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni rivojlantirishga qaratilgan o'quv va ilmiy markaz.