Kafedra haqida
Maxsus pedagogika kafedrasi kafedrasi Qo‘qon davlat universitetining yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi.
Maxsus pedagogika kafedrasining asosiy missiyasi rivojlanishida turli xil nuqsonlari bo‘lgan bolalar bilan ishlashga ixtisoslashgan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlashdan iborat. Kafedra inklyuziv ta’lim tamoyillarini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish hamda maxsus ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etishni maqsad qiladi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga integratsiyasini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Fakultet
Pedagogika va psixologiya fakulteti
Kafedra mudiri
Xayitov Lazizbek Rustamjon o‘g‘li
Kafedra mudiri
Xayitov Lazizbek Rustamjon o‘g‘li
Kafedra mudiriBiografiya va ilmiy faoliyat
Xayitov Lazizbek Rustamjon o‘g‘li 2025-yil 2-apreldan boshlab Qo‘qon davlat universiteti Maxsus pedagogika kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. U 1992-yil 30-oktyabrda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, partiyaviyligi yo‘q. Oliy ma’lumotli bo‘lib, 2017-yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutini bakalavr, 2019-yilda esa Toshkent davlat pedagogika universitetini magistratura bosqichida tamomlagan. Mutaxassisligi surdopedagogika. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega, ilmiy unvoni yo‘q. Rus va ingliz tillarini biladi. Harbiy yoki maxsus unvonga ega emas. Davlat va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlanmagan. Saylanadigan organlar a’zosi emas.
Mehnat faoliyatini 2013–2017-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi sifatida boshlagan. 2017–2019-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti magistranti bo‘lgan. 2019–2021-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti Defektologiya kafedrasida stajyor-o‘qituvchi sifatida ishlagan. 2021–2023-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti Maxsus pedagogika kafedrasi mudiri, 2024–2025-yillarda ham shu lavozimda faoliyat yuritgan. 2025-yildan hozirgi kunga qadar Qo‘qon davlat universiteti Maxsus pedagogika kafedrasi mudiri lavozimida ishlamoqda.
Kafedra tarixi
Maxsus pedagogika kafedrasi 2006-yilda tashkil etilgan bo‘lib, unga Mamasoli Tolipov mudirlik qilgan. 2010–2013-yillarda kafedrani A. Qo‘ziyev boshqargan. 2013–2014-o‘quv yilida M. Hamidov mudirlik qilgan. 2017–2021-yillarda M. Mahmudova kafedra mudiri bo‘lib faoliyat yuritgan.
Hozirda kafedra mudiri sifatida Xayitov Lazizbek Rustamjon o‘g‘li faoliyat olib bormoqda. 2021-yilda kafedra nomi “Maxsus pedagogika” deb o‘zgartirilgan.
Kafedrada logopediya, oligofrenopedagogika, surdopedagogika va surdotarjimonlik yo‘nalishlari mavjud. Shuningdek, maxsus pedagogika, logopediya va surdopedagogika bo‘yicha magistratura mutaxassisligi ochilgan.
Kafedrada Defektologiyaning klinik asoslari, Logopediya, Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar diagnostikasi, Matematika o‘qitish metodikasi, Ona tili o‘qitish metodikasi, Tasviriy san’at va qo‘l mehnatini o‘qitish maxsus metodikasi, Oligofrenopedagogika, Maktabgacha logopediya fanlari o‘qitiladi.
5111900 – Defektologiya ta’lim yo‘nalishiga 2006–2012-yillarda har bir guruhga 1 tadan, 2012–2015-o‘quv yillarida 2 tadan, 2016-yildan boshlab esa 3 tadan guruh talabalari qabul qilingan.
Kafedrada 24 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritgan bo‘lib, ularning 22 nafari asosiy shtatda, 2 nafari o‘rindoshlik asosida ishlagan. Kafedraning ilmiy salohiyati 33 foizni tashkil etgan. 2020–2021-yillar holatiga ko‘ra ilmiy salohiyat 35 foizni tashkil etgan.
Defektologiya yo‘nalishiga 2018–2019-o‘quv yilidan boshlab har bir mutaxassislik bo‘yicha talabalar qabul qilinmoqda. Boshqirdiston davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda logopediya yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma dastur tashkil etilgan.
2021–2022-o‘quv yilida kafedrada 11 nafar asosiy shtat va 4 nafar o‘rindosh xodim faoliyat yuritgan. 2023–2024-o‘quv yilida kafedraning ilmiy salohiyati 50 foizga yetdi.
2024–2025-o‘quv yilidan boshlab kafedra qoshida “Defektologik tashxis markazi” tashkil etildi. Kafedra a’zolari orasidan 3 nafar xodim dotsentlik unvoniga ega bo‘ldi.
Ilmiy faoliyat natijasida 20 ga yaqin Scopus bazasidagi maqolalar, 100 dan ortiq 7+ Impact Factor jurnallarida maqolalar, 12 ta darslik va 12 ta o‘quv qo‘llanma chop etildi.
Kafedra missiyasi
Maxsus pedagogika kafedrasining asosiy missiyasi rivojlanishida turli xil nuqsonlari bo‘lgan bolalar bilan ishlashga ixtisoslashgan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlashdan iborat. Kafedra inklyuziv ta’lim tamoyillarini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish hamda maxsus ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etishni maqsad qiladi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga integratsiyasini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Kafedra o'qituvchilari
Kafedra yutuqlari
Maxsus pedagogika kafedrasi ilmiy salohiyati 2021-yilga kelib yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Kafedra o‘qituvchilari L. Hayitov, M. Mahmudova, F. Teshaboyeva va X. Raximovalar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga muvaffaq bo‘ldilar. Shuningdek, 2023-yilda kafedraning to‘rt nafar o‘qituvchisi dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘ldi.
Kafedra dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Qozon davlat pedagogika universiteti bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
Kafedra dotsenti F. Teshaboyeva tomonidan ishlab chiqilgan ko‘zi ojiz bolalar uchun shaxmat sport o‘yini loyihasi respublika miqyosida alohida e’tirof etilib, yuqori natijalarga erishdi. Uning Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida o‘tkazilgan olima ayollar konferensiyasida ishtiroki ushbu loyihaning Markaziy Osiyo davlatlarida keng ommalashishiga xizmat qildi.
Kafedra yo‘nalishi talabalari orasidan 3 nafar iqtidorli yoshlar Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldilar. 2023-yildan boshlab kafedra tarkibida surdotarjimonlik faoliyati yo‘nalishiga talabalar qabul qilina boshlandi.
Kafedra huzurida “Mohir qo‘llar” va “Uy hamshirasi” to‘garaklari faoliyat yuritib, iqtidorli talabalarni amaliy va ijodiy faoliyatga jalb etib kelmoqda.
2025-yilda kafedra o‘qituvchisi I. Haydarov pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi, shu yili S. Umarova va Yo. Shermatovalar dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘ldilar. 2026-yilda esa N. Mirboboyeva ham PhD darajasini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, kafedra qoshida Qo‘qon shahri va atrof tumanlarda ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar farzandlari uchun “Inklyuziv ko‘mak markazi” tashkil etildi. Ushbu markaz aholiga bepul yordam ko‘rsatish bilan birga, yo‘nalish talabalari uchun muhim amaliyot bazasi bo‘lib xizmat qilmoqda.