Pedagogika kafedrasi

Kafedra haqida

Pedagogika kafedrasi kafedrasi Qo‘qon davlat universitetining yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi.

Pedagogika kafedrasining missiyasi — zamonaviy bilim va yuqori kasbiy kompetensiyalarga ega, ijodiy fikrlaydigan, raqobatbardosh pedagog kadrlarni tayyorlash, ta’lim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishdan iborat.


Kafedra ta’lim sifatini oshirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida barkamol avlodni tarbiyalash, shuningdek, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini ta’minlash orqali jamiyat rivojiga hissa qo‘shishni maqsad qiladi.



Fakultet

Pedagogika va psixologiya fakulteti

Kafedra mudiri

Xolmatova Zroat Anvarovna

Kafedra tarixi

Pedagogika kafedrasi institutning dastlabki shakllanish davrlaridan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedraning o‘z taraqqiyot bosqichlari mavjud bo‘lib, 1945-yil fevral oyida u psixologiya kafedrasi bilan birgalikda ish boshlagan. 1980-yilda mustaqil Psixologiya kafedrasi tashkil etilishi munosabati bilan Pedagogika kafedrasi alohida tarkibiy bo‘linma sifatida faoliyatini davom ettirgan.


Dastlabki davrda kafedraga R. Ashurov va O. Muhammadjonov rahbarlik qilgan. 1992-yil oxiridan boshlab kafedrani pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M. Tolipov boshqargan. Ushbu davrda kafedra faoliyatini takomillashtirish, o‘quv xonalarini zamonaviy texnika bilan jihozlash hamda malakali mutaxassislar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.


Kafedra mudiri M. Tolipov hamda dotsentlar R. Ashurov, O. Muhammadjonov, M. Sanginova, X. Xalikova, R. Abduqodirov va N. Erkaboyevalar pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilganlar.


Kafedra a’zolari individual ilmiy izlanishlar bilan bir qatorda “Umumiy ta’lim va hunar maktablarini isloh qilish asosida ta’lim jarayonini takomillashtirish, mahorat darslarini tashkil etish hamda o‘quv motivatsiyasini shakllantirish” kompleks mavzusi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borganlar.


Kafedra o‘qituvchilari shahar va tuman maktablarida pedagogik mahoratni oshirish, o‘qituvchilar malakasini rivojlantirish hamda ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish yo‘nalishida faoliyat yuritib, turli ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etganlar.


Kafedra a’zolari respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiyalarda faol ishtirok etib, o‘z ma’ruzalari bilan qatnashganlar. 1989–1990-yillarda Moskva va Rossiyaning bir qator shaharlarida o‘tkazilgan konferensiya va simpoziumlarda ham ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etishgan.


1984–1990-yillarda kafedraning yosh mutaxassisi N. Shermatova ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanib, muhim natijalarga erishgan. Kafedra talabalari pedagogika bo‘yicha respublika olimpiadalarida faxrli o‘rinlarni egallaganlar.


1990–2025-yillarda kafedraga R. Ashurov, M. Tolipov, R. Abduqodirov, M. Umarova, X. Ustadjalilova, Z. Xolmatova, M. Xushnazarova va O‘. Yo‘ldashevlar rahbarlik qilgan.


2025-yildan boshlab Pedagogika kafedrasiga pedagogika fanlari doktori, professor Z. A. Xolmatova rahbarlik qilib kelmoqda.


Hozirgi kunda kafedrada 27 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ulardan 2 nafari pedagogika fanlari doktori, professor (N. Erkaboyeva va Z. Xolmatova), 3 nafari PhD va dotsent, 4 nafari PhD va v.b. dotsent, 5 nafari PhD darajasiga ega yosh olimlar, qolganlari esa katta o‘qituvchi, o‘qituvchi va stajyor-o‘qituvchi lavozimlarida faoliyat olib bormoqda.


Pedagogika kafedrasi Qo‘qon davlat pedagogika universiteti Pedagogika va psixologiya fakultetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, 2025-yil 11-aprelda universitet rektori tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat yuritadi.

Kafedra missiyasi

Pedagogika kafedrasining missiyasi — zamonaviy bilim va yuqori kasbiy kompetensiyalarga ega, ijodiy fikrlaydigan, raqobatbardosh pedagog kadrlarni tayyorlash, ta’lim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishdan iborat.


Kafedra ta’lim sifatini oshirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida barkamol avlodni tarbiyalash, shuningdek, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini ta’minlash orqali jamiyat rivojiga hissa qo‘shishni maqsad qiladi.



Kafedra o'qituvchilari

Kafedra yutuqlari

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan jami 20 ta darslik, 15 ta o‘quv qo‘llanma va 8 ta monografiya tayyorlangan. Kafedrada institut Axborot-resurs markazi bilan hamkorlikda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holatini nazorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.


Bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari uchun xorijiy adabiyotlarni tarjima qilish hamda xorijiy olimlar bilan hamkorlikda o‘quv adabiyotlarini yaratish bo‘yicha reja ishlab chiqilgan bo‘lib, uning 2026-yil iyun oyida yakunlanishi ko‘zda tutilgan. Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirish maqsadida kafedra professor-o‘qituvchilarining malaka oshirish jarayonlari rejali asosda tashkil etilgan va izchil davom ettirilmoqda.


Kafedrada professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yosh o‘qituvchilardan E. Yuldashev, M. To‘xtasinova, Sh. Sultonov, H. Saidova, M. Otajonova, M. Zokirov va B. Xayitovlar 2025–2026 o‘quv yilida ilmiy tadqiqot ishlarini yakunlab, PhD darajasiga ega bo‘ldilar. Z. Abdurazzoqova esa ilmiy-tadqiqot ishini yakunlash bosqichida.

Kafedra mudiri Z. Xolmatova professorlik unvonini, F. Rahimova va N. Ortiqovalar esa dotsentlik unvonini 2025–2026-yillarda qo‘lga kiritdilar.


Shuningdek, kafedra huzurida doktorantura bosqichidagi tadqiqotchilar uchun doimiy maslahat va tajriba-sinov ishlarini tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan. Mustaqil tadqiqotchilar bilan ilmiy izlanishlar olib borilib, ularga ilmiy rahbarlar biriktirilgan.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-son buyrug‘iga muvofiq, 2025-yil 21-oktyabr kuni Qo‘qon davlat universiteti Pedagogika kafedrasi tomonidan “Ta’lim strategiyasi: yuqori malakali bo‘lajak pedagog kadrlar tayyorlash istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.


Shuningdek, 2026-yil 24-mart kuni “Language and Career” mavzusida xalqaro talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida onlayn va video ma’ruzalar seksiyasi yuqori saviyada o‘tkazildi. Ushbu anjuman turli oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ilmiy tajriba almashish hamda xorijiy tillarning kasbiy faoliyatdagi o‘rni va ahamiyatini muhokama qilish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.


Konferensiyada Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.