Maktabgacha ta’lim kafedrasi

Kafedra haqida

Maktabgacha ta’lim kafedrasi kafedrasi Qo‘qon davlat universitetining yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi.

Maxsus pedagogika kafedrasining missiyasi — maxsus ta’lim ehtiyojlariga ega bolalar bilan ishlash bo‘yicha yuqori malakali, insonparvar, innovatsion yondashuvlarga ega pedagog kadrlarni tayyorlashdan iborat. Kafedra inklyuziv ta’limni rivojlantirish, zamonaviy korreksion-pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish orqali jamiyatda teng ta’lim imkoniyatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.


Fakultet

Pedagogika va psixologiya fakulteti

Kafedra mudiri

Nazirova G‘o‘zal Malikovna

Kafedra tarixi

Qo‘qon davlat universitetining Maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘zining boy va uzoq yillik tarixiga ega bo‘lib, uning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari respublikada maktabgacha ta’lim tizimi taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liqdir.


Kafedra dastlab 1945-yil fevral oyida “Maktabgacha tarbiya pedagogikasi” nomi ostida tashkil etilgan bo‘lib, unga Z. Qulliyev rahbarlik qilgan. Keyingi yillarda ta’lim tizimidagi islohotlar natijasida kafedra faoliyati izchil rivojlanib bordi. 1973-yilda O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti tarkibida “Maktabgacha tarbiya” guruhi tashkil etildi. 1974-yilda ushbu yo‘nalish Boshlang‘ich ta’lim metodikasi guruhi bilan birlashtirilib, mustaqil pedagogika fakulteti shakllantirildi. Shu davrda kafedraga Z. A. Kalonxo‘jayeva rahbarlik qilgan.


1987-yilda kafedra “Maktabgacha tarbiya metodikasi” nomi bilan qayta tashkil etilib, S. Nabiyeva tomonidan boshqarilgan. 1998–2000-yillarda S. Obidjonova kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.


2001–2003-yillarda “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi negizida qayta tashkil etilib, S. Tuychiyev rahbarlik qilgan. Keyingi yillarda kafedra M. Tolipov, N. Erkaboyeva, S. Nabiyeva, N. Xo‘janazarova, M. Esonova va S. Muxamediyeva kabi tajribali pedagoglar tomonidan boshqarilgan.


2018–2021-yillarda M. M. Umarova kafedra mudiri sifatida faoliyat olib borgan. 2021-yil iyun oyidan 2026-yil mart oyigacha kafedraga pedagogika fanlari doktori (DSc), professor G‘o‘zal Malikovna Nazirova rahbarlik qildi.


2021–2022-o‘quv yilidan boshlab kafedra tarkibida “Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi” yo‘nalishi ochilib, ilmiy-amaliy faoliyat kengaytirildi. 2022-yilda professor G. M. Nazirova rahbarligidagi innovatsion loyiha “Olima ayollar grantlari” tanlovida g‘olib deb topildi.


2023–2024-yillarda kafedra ikki mustaqil tuzilmaga ajratildi, biroq 2024–2025-yillarda qayta birlashtirilib, yagona Maktabgacha ta’lim kafedrasi sifatida faoliyatini davom ettirdi.


2025-yil 2-apreldan boshlab Qo‘qon davlat universiteti maqomi berilishi munosabati bilan kafedra Pedagogika va psixologiya fakulteti tarkibiga kiritildi. Hozirgi kunda kafedrada 21 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib, ularda yuqori ilmiy salohiyat va amaliy tajriba mujassam.

Kafedra missiyasi

Maxsus pedagogika kafedrasining missiyasi — maxsus ta’lim ehtiyojlariga ega bolalar bilan ishlash bo‘yicha yuqori malakali, insonparvar, innovatsion yondashuvlarga ega pedagog kadrlarni tayyorlashdan iborat. Kafedra inklyuziv ta’limni rivojlantirish, zamonaviy korreksion-pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish orqali jamiyatda teng ta’lim imkoniyatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.


Kafedra o'qituvchilari

Kafedra yutuqlari

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 25 ta darslik va 40 dan ortiq o‘quv qo‘llanma yaratilgan. Maktabgacha ta’lim kafedrasi xalqaro hamkorlik aloqalarini izchil rivojlantirib borayotgan ilmiy-ta’limiy tuzilma sifatida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.


Jumladan, Turkiya Respublikasining To‘qat Gaziosmanposhsho universiteti hamda Qozog‘iston Respublikasining Akademik A. Quatbekov nomidagi Xalqlar do‘stligi universiteti bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari shakllantirilgan.


Mazkur hamkorlik doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik mobilligini ta’minlash, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, xalqaro konferensiya va seminarlarni tashkil etish hamda o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish yo‘nalishlarida tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, hamkor universitetlar professor-o‘qituvchilari tomonidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, talabalar bilimini xalqaro standartlar asosida boyitishga xizmat qilmoqda.


Shuningdek, ilmiy hamkorlik doirasida maktabgacha ta’lim sohasida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar hamda bolalar rivojlanishiga oid ilg‘or metodikalar bo‘yicha tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish, ta’lim sifatini xalqaro darajaga yaqinlashtirish va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga xizmat qilmoqda.