Qo‘qon davlat universitetida PES 2013 musobaqasi oʻtkazildi
Qo‘qon davlat universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar o‘rtasida kompyuter o‘yinlari bo‘yicha navbatdagi musobaqa o‘tkazildi. Bu safar musobaqa mashhur PES 2013 futbol simulyatori asosida tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishdan iborat bo‘ldi.
Musobaqa yuqori sport ruhida o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘zaro hurmat va do‘stlik tamoyillari asosida bellashib, har bir g‘alaba uchun katta ishtiyoq bilan kurashishdi. O‘yinlar davomida talabalarning tezkor fikrlash, strategik yondashuv va texnik mahorati namoyon bo‘ldi. Tomoshabin talabalar esa hayajon bilan ularini qo‘llab-quvvatlashdi.
Keskin va qiziqarli bahslardan so‘ng musobaqa g‘oliblari aniqlandi:
1-o‘rin – Yoqubjon Ahmadov
2-o‘rin – Dilshodbek G‘ulomov
3-o‘rin – Ayubxon Obidov
Taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindorlarga faxriy diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Mukofotlarni universitet birinchi prorektori Ahmadjon Husanov shaxsan taqdim etib, yoshlarni erishilgan yutuqlar bilan tabrikladi va ularni kelgusida ham faol bo‘lishga undadi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tashkilotchilarga minnatdorlik bildirib, bunday musobaqalar nafaqat dam olish, balki do‘stlik va jamoaviylik ruhini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidlashdi.