Orqaga
Calendar icon

"Akkreditatsiya" platformasi ishga tushiriladi

Hukumat qarori (498-son, 06.08.2025 y.) bilan “O‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Unga koʻra, 2025 yil yakuniga qadar ”Akkreditatsiya” platformasi ishlab chiqiladi.

Ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish to‘g‘risida arizalar kelgusi o‘quv yilida faoliyatini boshlash uchun har yili 1 oktyabrdan kelgusi yilning 31 yanvarigacha qabul qilinadi.

Ta’lim dasturi “davlat akkreditatsiyasidan o‘tdi” deb e’tirof etilganda, maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikat 1 hafta muddatda beriladi va mazkur ta’lim dasturi bo‘yicha kadrlar tayyorlashga ruxsat etiladi.

Ta’lim tashkiloti "davlat akkreditatsiyasidan oʻtmadi" deb e’tirof etilganda ta’lim tashkilotiga oid reklama ma’lumotlarini tarqatishga, abituriyent va talabgorlarni oʻqishga qabul qilishga, talaba (oʻquvchi)lari uchun ta’lim kreditlari ajratilishiga hamda bitiruvchilariga diplom (sertifikat, malaka attestati)lar berilishi yoki ularning tan olinishiga ruxsat berilmaydi.