Talabalar turar joylariga joylashtirishda ustuvorlik beriladigan toifalar
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, talabalar turar joylariga joylashtirishda ayrim toifadagi talabalar uchun ustuvorlik belgilanadi. Jumladan, quyidagi toifadagi talabalar talabalar turar joylariga birinchi navbatda qabul qilinadi:
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;
Ijtimoiy himoya yagona reestri, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari;
I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;
Bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalar;
Xalqaro fan olimpiadalari, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etiladigan respublika fan olimpiadalari g‘oliblari;
“Yil talabasi” hamda “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovlarining respublika bosqichi g‘oliblari;
“Zakovat” intellektual o‘yinining respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar;
Talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi yoki qavat sardori bo‘lib faoliyat yuritayotgan talabalar.
Mazkur ustuvorliklar orqali ehtiyojmand va iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.