Bugun Fargʻonada “INNOWEEK” ko‘rgazmasi boʻlib oʻtmoqda
5-avgust kuni Fargʻona davlat texnika universitetida “INNOWEEK” ilmiy ishlanmalar va innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi boshlandi.
Tadbir doirasida startap loyihalar taqdimoti, innovatsion mahsulotlar namoyishi hamda bir qator o‘quv-seminarlar tashkil etilgan. Ularda “Davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan ilmiy loyihalar tanloviga topshirish tartibi” hamda “Tijoratlashtirish loyihalarini shakllantirish: muammo va yechimlar” kabi mavzular muhokama qilinmoqda.
Mazkur ko‘rgazmada Qoʻqon davlat universiteti ham o‘zining bir necha ilmiy ishlanmalari va innovatsion loyihalari bilan faol ishtirok etmoqda.
Eng yaxshi loyiha mualliflariga “InnoWeek–2025” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligida ishtirok etish uchun yo‘llanmalar taqdim etilishi rejalashtirilgan.