“Dolzarb 90 kunlik” doirasida sport tadbirlari etmoqda
Qo‘qon davlat universiteti Filologiya fakulteti tyutori G. Karimova va talabalar ishtirokida “Chodakli” mahalla fuqarolar yig‘inida navqiron avlod vakillari uchun sog‘lomlashtiruvchi sport tadbiri tashkil etildi.
Mazkur sport tadbirida Rus tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishining 1–2-bosqich talaba qizlari hamda mahalla yoshlari o‘rtasida mini futbol bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in bahslar davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy faolligi va kuchli iroda sohibasi ekanliklarini namoyon etishdi. Ikki jamoa ishtirok etgan oʻyinda “Lochin” jamoasi g‘alabani qo‘lga kiritdi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir do‘stona va ko‘tarinki ruhda o‘tib, yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilish, jamoada ishlash madaniyati va sportga mehr uyg‘otishda muhim o‘rin tutdi.