Ilm-ma’rifat — inson kamolotining asosi
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Qo‘qon davlat universiteti Filologiya fakulteti tyutori M. Umaraliyeva tomonidan “Ilm-ma’rifat – inson kamolotining asosidir” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.
Tanlovdan ko‘zlangan maqsad – talabalar ongida ilm-fan, ma’rifat va tafakkurning muhim o‘rni borasida teran tushunchalarni shakllantirish, ularni mustaqil fikrlash va ijodiy izlanishga undashdan iborat bo‘ldi.
Talabalar o‘z insholarida bilim olishning inson hayotidagi tutgan o‘rni, ilmning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr yuritishdi. Har bir ishtirokchining yondashuvi, badiiy ifoda uslubi va mavzuga bo‘lgan munosabati e’tiborga loyiq bo‘ldi.