“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostidagi konsert dasturi bo‘lib o‘tdi!
Qo‘qon shahar hokimligi tashabbusi, Qo‘qon davlat universiteti hamda Qo‘qon shahar Madaniyat bo‘limi, 6-sonli musiqa maktabi hamkorligida, 2025-yil 31-iyul kuni “Yoshlar” bog‘ida yurtimizdagi millatlararo totuvlik, do‘stlik va birlik g‘oyalarini targ‘ib etishga qaratilgan keng ko‘lamli konsert dasturi tashkil etildi.
Tadbirda mashhur shou yulduzlari, xushovoz san’atkorlar, ijodkor yoshlar ishtirok etib, tomoshabinlarga unutilmas lahzalarni tuhfa etdilar.
Konsert davomida vatanga sadoqat, tarix va milliy qadriyatlar mavzularida sovrinli viktorina ham o‘tkazilib, g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Turli millat vakillari ishtirokidagi bu ko‘tarinki ruhdagi kecha vatanparvarlik, xalqparvarlik va madaniy uyg‘unlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan bo‘ldi.