Orqaga
Calendar icon

“Kitob – hayot sabogʻi”: talabalarning ijodiy salohiyatini namoyon etgan tanlov

Qo‘qon davlat universiteti Filologiya fakultetida yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni o‘qishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish maqsadida tyutor Shohista Mahkamova tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Kitob – hayot sabogʻi” shiori ostida esse va taqdimotlar tanlovi tashkil etildi.

Tanlov davomida talabalar o‘z ijodiy qarashlari va kitobga bo‘lgan munosabatlarini mazmunli esse va taqdimotlar orqali ifoda etdilar. Har bir ishtirokchi o‘zining sevimli kitobi, undan olgan hayotiy saboqlari va kitobxonlikning jamiyatdagi ahamiyati haqida fikr yuritdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rin — Muhammadjonova Hamidaxonga, 2-o‘rin — Abduvaliyeva Muhlisaxonga, 3-o‘rin — Muhammadjonova Maftunaxonga nasib etdi. Shuningdek, Abduqahhorova Kamolaxon tomonidan tayyorlangan taqdimot “Eng namunali taqdimot” deb topilib, alohida eʼtirof etildi.

Mazkur tanlov talabalarning ijodiy fikrlashini kengaytirish, kitobga bo‘lgan mehrini oshirish bilan birga, ularni sahnada chiqish qilish, o‘z fikrini erkin ifoda etish kabi ko‘nikmalar bilan ham boyitdi.