“QDU” futbol jamoasi ishonchli gʻalabaga erishdi
Viloyat 2-ligasining navbatdagi — 10-tur uchrashuvida Qoʻqon davlat universitetining “QDU” futbol jamoasi safarda Fargʻonaning “FC Fergana” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Oʻyin boshidan QDU jamoasi tashabbusni oʻz qoʻliga oldi va toʻliq ustunlikni qoʻlga kiritdi. Birinchi boʻlimdayoq hisob ochilib, jamoamiz raqib darvozasini bir bor ishgʻol qildi. Uchrashuv davomida “QDU” futbolchilari jismoniy va texnik ustunlik, aniq uzatmalar va samarali hujumlar bilan ajralib turdi. Natijada ikkinchi boʻlimda raqiblar darvozasiga 5ta gol kiritib, 0:6 hisobida gʻalabga erishdi.
Qoʻqon davlat universiteti jamoasi ushbu natija bilan musobaqa jadvalida yuqorilashda davom etmoqda va kelgusidagi oʻyinlarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etishga tayyor ekanligini namoyon etdi.