Talabalar oyligi: Intellektual bellashuvlarda gʻoliblar aniqlandi
Qoʻqon davlat universitetida “Talabalar oyligi” doirasida tashkil etilgan “Zakovat” va “Zakovat Quiz” intellektual bahslari o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqaning final bosqichida barcha fakultetlardan 3 tadan jamoalar ishtirok etib, bilimi, tezkor fikrlashi va mantiqiy xulosalari bilan g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
“Zakovat” intellektual bahsi g‘oliblari:
1-o‘rin — Xorijiy filologiya fakultetining “Aura” jamoasi
2-o‘rin — Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakultetining “Kapitalistlar” jamoasi
3-o‘rin — Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakultetining “Adrenalin” jamoasi
“Zakovat Quiz” intellektual bahsi g‘oliblari:
1-o‘rin — Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakultetining “Kapitalistlar” jamoasi
2-o‘rin — Xorijiy filologiya fakultetining “Aura” jamoasi
3-o‘rin — Gumanitar fanlar va tillar fakultetining “Qora delfin” jamoasi.