Orqaga
Calendar icon

Konstitutsiyaning 33 yilligi: San’at va sport fakultetida bayramona tadbir

San’at va sport fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram dasturi o‘tkazildi. Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari, talabalar, soha mutaxassislari hamda faxriy mehmonlar ishtirok etishdi.

Tadbir davlat madhiyasi yangrashi bilan boshlandi. So‘zga chiqqan mutasaddilar Konstitutsiyaning ahamiyati, unda belgilangan inson huquq va erkinliklari, shuningdek amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumot berishdi.

Bayram dasturi doirasida talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari, musiqiy kompozitsiyalar, milliy raqslar, she’riy chiqishlar hamda vatanparvarlik ruhidagi badiiy chiqishlar namoyish etildi. San’at yo‘nalishidagi ijodkor yoshlarning chiqishlari tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.

Bayramona ruhda o‘tgan ushbu tadbir barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi va Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunning tarixiy ahamiyatini yana bir bor yodga soldi.