Vebinar: Ayollarga nisbatan onlayn zo‘ravonlikni oldini olish
Qo‘qon davlat universitetida “Ziyo Forum” fondi bilan hamkorlikda “Ayollarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka qarshi kurash” mavzusida vebinar tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar va talabalarni onlayn maydondagi xavfsizlik, raqamli zo‘ravonlikning oldini olish va huquqiy bilimlarni oshirishga yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi.
Vebinarda mutaxassislar raqamli zo‘ravonlikning shakllari, uning oqibatlari va unga qarshi kurashish usullari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Talabalar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi va amaliy maslahatlar oldilar.
Vebinar so‘ngida talabalar o‘rtasida oʻtkazilgan ayni mavzuda oʻtkazilgan videoroliklar tanlovi g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlandi, bu esa yoshlarni yanada ijodiy faol bo‘lishga undadi.
Tadbir universitet va “Ziyo Forum” fondi hamkorligida yoshlar faolligini oshirish va jamiyatda raqamli zo‘ravonlikka qarshi kurashni kuchaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.