Orqaga
Calendar icon

Konstitutsiya — baxtimiz qomusi


Qo‘qon davlat universitetining Gumanitar fanlar va tillar fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni universitetning birinchi prorektori Ahmadjon Husanov ochib berdi. U o‘z nutqida Konstitutsiyamizning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni, inson huquq va erkinliklarini kafolatlashdagi ahamiyati, shuningdek, yoshlar uchun yaratib berilgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida fakultet professor-o‘qituvchilari hamda faol talabalar so‘zga chiqib, Konstitutsiyaning asosiy tamoyillari, demokratik qadriyatlarni mustahkamlashdagi roli, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi muhim jihatlar haqida fikr bildirdilar.

Tadbirning badiiy qismi esa ko‘tarinki ruhda davom etdi. Talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, raqslar tomoshabinlar qalbidan joy oldi. Ijodiy chiqishlar Konstitutsiyaning ma’naviy ahamiyatini yanada chuqurroq his etishga xizmat qildi.

Tadbir yakunida faol talabalarga tashakkurnomalar topshirildi.