Orqaga
Calendar icon

“Mehr ko‘zda” — kulgu, san’at va samimiyat uyg‘unlashgan konsert dasturiga aylandi

Qo‘qon davlat universiteti Sanʼatshunoslik kafedrasi tomonidan “Turon” madaniyat saroyida taqdim etilgan “Mehr ko‘zda” teatrlashtirilgan konsert dasturi nafaqat badiiy chiqishlari, balki o‘ziga xos kulgili lahzalari bilan ham tomoshabinlarni maftun etdi. Tadbirga yig‘ilgan professor-o‘qituvchilar, talabalar va san’at ixlosmandlari badiiy tomosha jarayonida nafaqat zavq olishdi, balki mazmunli hazillarga guvoh bo‘lishdi.

Dastur davomida talaba ijrochilar turli sahna ko‘rinishlari orqali san’at va kulgu uyg‘unligini namoyish etdilar. Sahnadagi dramatik chiqishlar tomoshabinlarni bir lahza o‘yga toldirgan bo‘sa, hazil-mutoyibalar samimiy kulgu va iltifot uyg‘otdi. Bu esa konsertning ijtimoiy va ma’naviy ahamiyatini yanada oshirdi.

Shuningdek, dasturda musiqiy chiqishlar va raqslar ham alohida diqqatga sazovor bo‘ldi. Talabalar o‘zining badiiy mahoratini namoyish qilib, sahnadagi har bir lahzani jonlantirdilar. Tomoshabinlar esa ijodiy chiqishlarni olqishlar bilan qabul qildilar va sahnadagi samimiy energiyaga qo‘shildilar.

“Mehr ko‘zda” konserti nafaqat san’atga bo‘lgan muhabbatni, balki talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasidagi ijodiy hamkorlikni ham namoyish etdi. Dastur o‘zining badiiy mazmuni, balki chinakam hayotiylik, mehr va quvonch uyg‘otgan kulgili sahnalari bilan ham tomoshabinlar qalbida yorqin taassurot qoldirdi.