Yutuqlar eʼtirof etildi
Qoʻqon davlat universitetida boʻlib oʻtgan navbatdagi Kengash majlisi ilmiy, maʼnaviy va sport sohalarida erishilgan yutuqlarni eʼtirof etish bilan boshlandi.
Majlis avvalida OAK qaroriga binoan ilmiy daraja va unvonlarga sazovor boʻlgan professor-oʻqituvchilar, viloyat miqyosida oʻtkazilgan “Istiqbolli davlat xizmatchisi – 2025” tanlovi gʻoliblari hamda Fargʻona viloyati Ikkinchi ligasi chempionligini qoʻlga kiritgan “QDU” talabalar futbol jamoasi tantanali ravishda taqdirlandi.
Universitet rektori, professor Dilnoza Xodjayeva barcha gʻolib va sovrindorlarni samimiy tabrikladi hamda ularga diplomlar, medallar va esdalik sovgʻalarini topshirdi. Rektor oʻz so‘zida universitet jamoasining izchil mehnati, yoshlarning faolligi va intilishini alohida qayt etdi.
Tantanali marosim ishtirokchilarda yuqori kayfiyat uygʻotdi va universitetning yangi marralar sari dadil qadam tashlayotganini yana bir bor namoyon etdi.