Orqaga
Calendar icon

“Qalb navolari” — mahorat va ilhom uyg‘unligi

Qo‘qon davlat universitetining “Musiqa nazariyasi” kafedrasi tashabbusi bilan “Qalb navolari” nomli badiiy-konsert dasturi taqdim etildi. Tadbirning bosh maqsadi talabalarning ijodiy salohiyatini namoyish etish, ularning sahna madaniyati va musiqiy mahoratini keng jamoatchilikka yetkazishdan iborat bo‘ldi.

Konsert dasturida turli musiqiy yo‘nalishlarda kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Talabalar tomonidan sahnaga chiqarilgan milliy va zamonaviy musiqalar, jozibali ovozlar hamda ijro mahorati tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbirda o‘qituvchilarning ham ijodiy chiqishlari namoyish etilib, san’atning ruhiy quvvat bag‘ishlovchi jozibasi yana bir bor his etildi.

Tadbir davomida tomoshabinlar musiqaning sehrli olamiga sayohat qilib, ijodkorlarining o‘ziga xos mahorati bilan yaqindan tanishdilar. Konserti o‘zining mazmuni, ijrochilarning mahorati va samimiy muhit bilan yodda qolarli bo‘ldi.