Orqaga
Calendar icon

"Zoʻravonlikka qarshi 16 kun" kompaniyasi boshlandi!

“Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” 16 kunlik faollik kampaniyasiga start berildi

1999-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 25-noyabr — Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni sifatida belgilangan. Shu munosabat bilan mamlakatimizda an’anaviy tarzda “16 kunlik faollik” kampaniyasi o‘tkazib kelinadi.

Qo‘qon davlat universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan bu yil ham barcha fakultetlarda “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” mavzusida uchrashuv va muloqotlar tashkil etilmoqda.

“San’at va sport” fakultetida kampaniya doirasidagi tadbirlarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘z olganlar xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishning huquqiy-me’yoriy asoslari, mamlakatimizda bu borada olib borilayotgan tizimli islohotlar, shuningdek, zo‘ravonlik tushunchasi va uning turlari yuzasidan batafsil ma’lumot berdilar.

Shuningdek, “Gumanitar fanlar va tillar” fakultetida xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Ezgu niyat” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida “Kuch birlikda – zo‘ravonlikka o‘rin yo‘q” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabat bildirish, sukut adolatga zid ekani, talabalar o‘rtasida raqamli madaniyatni targ‘ib qilish masalalari yuzasidan qizg‘in fikr almashildi.