Orqaga
Calendar icon

Rektor ijarada yashovchi talabalarning sharoitlari bilan tanishdi

Bugun Qoʻqon davlat universiteti rektori Dilnoza Xodjayeva bir guruh masʼullar hamrohligida ijarada yashovchi talabalarning turar joylari va yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Ushbu tashrifning asosiy maqsadi talabalarning mavjud muammolarni joyida ko‘rib chiqish hamda kuz-qish mavsumida ularning xavfsizligi va qulay yashashi uchun zarur choralarni belgilashdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish jarayonida ijara xonadonlaridagi isitish tizimi, elektr va gaz ta’minoti, issiqlik izolatsiyasi kabi omillar ko‘zdan kevhirildi. Sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinishi, yong‘in xavfsizligi vositalari, ichimlik suvi bilan ta’minlanish kabi muhim jihatlar ham e’tibordan chetda qolmadi.

Tashrif davomida rektor Dilnoza Xodjayeva talabalarning o‘zi bilan bevosita muloqot qilib, ularning fikr va mulohazalarini eshitdi.

Talabalar tomonidan bildirilgan takliflar, mavjud kamchiliklar va ehtiyojlar bo‘yicha masʼul rahbarlarga aniq vazifalar topshirildi.

Shuningdek, rektor talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ijara uylarida xavfsiz va sog‘lom muhit yaratish universitet rahbariyati uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanini ta’kidladi.

Mazkur tashrif – talabalarning turmush sharoitlarini muntazam nazorat qilish, ularning farovonligini ta’minlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimining muhim qismi hisoblanadi.