Orqaga
Calendar icon

Chet tillarni o‘qitish bo‘yicha respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi

Qo‘qon davlat universiteti Xorijiy tillar nazariyasi kafedrasida “Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda chet tillarni oʻrgatishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda chet tillarni o‘qitish jarayonida innovatsion metodlar, maktabgacha yoshdagi bolalarga til oʻrgatishning psixologik va didaktik asoslari, shuningdek, boshlang‘ich taʼlimda til ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Konferensiya doirasida ilmiy maqola va tezislar to‘plamini chop etish rejalashtirilgan. Unda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari yetakchi mutaxassislari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda magistrantlar o‘z ilmiy izlanishlari bilan ishtirok etishdi.

Ilmiy-amaliy anjuman quyidagi sho‘balarda faoliyat yuritdi:

1-sho‘ba: Xorijiy tillarni ikkinchi til sifatida o‘qitishda innovatsion yondashuvlar;

2-sho‘ba: Maktabgacha yoshdagi bolalarga xorijiy tilni o‘rgatishning psixologik, didaktik va lingvistik vazifalari;

3-sho‘ba: Maktabgacha va boshlang‘ich taʼlimda til ko‘nikmalarini shakllantirishning dolzarb masalalari;

4-sho‘ba: Zamonaviy tilshunoslik va adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari.

Konferensiya taʼlim sifatini oshirish, ilmiy hamkorlikni kuchaytirish va chet tillarni o‘qitish metodologiyasini takomillashtirish yo‘lida muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.