Qoʻqon davlat universitetida profilaktik tadbirlar oʻtkazildi
Qoʻqon davlat universitetida IIB Jamoat xavfsizligi xizmati profilaktika katta inspektorlari hamda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshqarmadan mas’ul inspektorlar ishtirokida kunlik profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbir davomida universitet profilaktika katta inspektori mayor Sohibjon Yuldashev va xotin-qizlar masalasi bo‘yicha katta inspektor, katta leytenant Zulhumor Hayitova talabalarga bir qator muhim hujjatlarning mazmuni yuzasidan tushuntirishlar berdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 207-sonli farmoni — “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar” hamda Prezidentning PQ-153-sonli qarori, shuningdek viloyat hokimining 520-sonli qarori va shunga muvofiq Boshqarma boshlig‘i general-mayor A. Ikramovning 118-sonli farmoyishi mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, talabalarda kiber madaniyatni yuksaltirish, internetdan oqilona foydalanish, axborot xurujlari va kiberxavfsizlikka oid tahdidlardan ogoh bo‘lish bo‘yicha profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Tadbir doirasida universitetda “Davomat”, “Tig‘” maxsus nazorat ishlari ham olib borildi. Muqaddam huquqbuzarlik sodir etgan va profilaktik hisobda turgan talabalar, shuningdek ijarada yoki talabalar turar joyida yashovchi yoshlar bilan alohida tartibda profilaktik suhbatlar tashkil etildi.
Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi — yoshlar ongida huquqiy madaniyatni mustahkamlash, ularni turli xavf-xatarlardan ogohlantirish va sog‘lom, xavfsiz ta’lim muhitini ta’minlashdan iboratdir.