Orqaga
Calendar icon

“Talabalar ligasi” doirasida kurash musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Qo‘qon davlat universitetining gimnastika sport zalida “Talabalar ligasi” doirasidagi kurash musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

 Tadbir universitet sport hayotining eng qiziqarli voqealaridan biri sifatida tashkil etildi va talabalar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tayyorgarlikni oshirishga qaratildi.

 Musobaqada yigitlar va qizlar jami 8 ta vazn toifasi bo‘yicha g‘oliblik uchun bahs olib bordilar. Har bir bahs hayajonli tarzda kechdi: ishtirokchilar o‘z kuchini, tezkorligini va chidamliligini namoyish etishdi. Universitetning barcha fakultetlaridan sportga mehr qo‘ygan va iqtidorli talabalar musobaqada qatnashib, o‘z jamoalari uchun g‘alaba sari intildilar.

 Yakunda eng kuchli va mahoratli kurashchilar orasidan g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, ular viloyat bosqichiga yo‘llanma olish imkoniga ega bo‘ldilar.

 Ushbu tadbir talabalar orasida sportga qiziqishni oshirish bilan birga, yoshlarni milliy sport turlari, xususan kurash bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qildi.