San’atda kuz nafasi: talabalarning ijodiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
Qo‘qon davlat universiteti San’atshunoslik kafedrasi tomonidan “San’atda kuz nafasi” nomli ijodiy ko‘rgazma tashkil etildi. Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda san’at ixlosmandlari ishtirok etishdi.
Ko‘rgazmada talabalar tomonidan yaratilgan rangtasvir, grafika, dizayn va amaliy san’at yo‘nalishidagi ishlanmalar namoyish etildi. Har bir ijodiy asarda kuz faslining betakror manzaralari, tabiatning jilolangan ranglari va ijodkorlarning o‘ziga xos badiiy qarashlari aks etdi.
Tadbir davomida ijodkor talabalar o‘z asarlari haqida qisqacha ma’lumot berishdi, tomoshabinlar esa ularning ijodiy izlanishlarini yuqori baholadilar.
Ta’kidlanganidek, bunday ko‘rgazmalar talabalar estetik dunyoqarashini kengaytirish, ularni ijodiy fikrlash va san’at orqali o‘z fikrini ifodalashga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.