Talabalar tarixiy maskanga ekskursiya uyushtirdilar
Qo‘qon davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti talabalari shahrimizning qadimiy va tarixiy maskani – Jome majmuasiga sayohat uyushtirdilar. Ekskursiya davomida talabalar Qo‘qonning boy madaniy merosi, me’moriy obidalari hamda o‘ziga xos tarixiy qiyofasi bilan yaqindan tanishdilar.
Ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega mazkur tashrif davomida ularga har bir obidaning tarixi, me’moriy xususiyatlari va ularning xalqimiz madaniy hayotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.
Fakultet o‘qituvchilari ta’kidlaganidek, bunday tadbirlar yoshlarning o‘z tarixiga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Talabalarning so‘zlariga ko‘ra, bu ekskursiya nafaqat qiziqarli taassurotlar baxsh etdi, balki ularga Qo‘qon shahrining madaniy va tarixiy ahamiyatini chuqurroq anglash imkonini ham berdi.