Orqaga
Calendar icon

Qo‘qon davlat universitetida dissertatsiya muhokamasi o‘tkazildi

Qo‘qon davlat universiteti huzuridagi PhD.03/29.12.2022.Ped.132.02 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarda tadqiqotchi Umurzoqov Bexzod Buranovich tomonidan 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarida zamonaviy kasbiy sifatlarni virtual texnologiyalar orqali shakllantirish mazmunini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Muhokama jarayonida tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati atroflicha tahlil qilindi. Ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar dissertatsiya ishini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.