Orqaga
Calendar icon

Eergiya va elektronika mavzulari yuzasidan ilmiy-texnikaviy anjuman o‘tkazildi

Qo‘qon davlat universiteti Aniq fanlar va muhandislik fakulteti Elektr texnologiyalari kafedrasida “Energetika, elektrotexnika, elektrotexnologiya, elektronika va mexatronika sohalarini rivojlantirishning muammolari va innovatsion yechimlari” mavzusida respublika ilmiy-texnikaviy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanning asosiy maqsadi — zamonaviy energetikaning eng muhim va dolzarb muammolarini muhokama qilish, soha mutaxassislari, olimlar va sanoat vakillarini bir joyga to‘plash orqali energetika sohasining milliy va global darajadagi rivojlanish istiqbollarini aniqlash va strategiyalar ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda respublikamizning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, amaliyotchi mutaxassislar, ilmiy xodimlar, mustaqil izlanuvchilar, sanoat korxonalari vakillari, magistrlar va talabalar faol qatnashdilar.

Anjumanda energetika, elektrotexnika va mexatronika sohalaridagi zamonaviy innovatsiyalar, ishlab chiqarish jarayonlaridagi samarali texnologiyalar va istiqbolli ilmiy yondashuvlar muhokama qilindi. Ishtirokchilar tajriba almashish, yangi loyihalar bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish va sohani rivojlantirish yo‘llarini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.