Muhandislik sohalarida innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi.
Qo‘qon davlat universiteti Aniq fanlar va muhandislik fakulteti Muhandislik texnologiyalari kafedrasida “Zamonaviy ta’limni modernizatsiyalash muhandislik yo‘nalishidagi malakali kadrlar tayyorlashning muammo va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mamlakatimizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va sanoat korxonalari vakillari, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, ilmiy-xodimlar, amaliyotchi mutaxassislar, magistrlar va talabalar shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Universiteti professorlari ZOOM platformasi orqali, ishtirok etdilar.
Anjumanda, materialshunoslik kimyoviy texnologiyalar, texnologik mashina va jihozlar, transport vositalari, geodeziya geoinformatika, yengil sanoat muhandisligi, aniq va tabiiy fanlar hamda elektr va energetika muhandisligi sohalarida ta’lim sifatini oshirishning innovatsion yo‘nalishlarida ma’ruzalar tinglandi.
Konferensiya yakunida faol ishtirokchilar va eng yaxshi ilmiy maqola mualliflari diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda materialshunoslik va muhandislik sohasidagi olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining sifat darajasini oshirish va amaliyotga tatbiq etilishiga ko‘maklashish hamda, mamlakatimiz olimlari va xorijlik olimlar o‘rtasida ilmiy aloqalar o‘rnatilish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.