Talabalar orasida sog‘lom muhitni ta’minlashga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi
Qo‘qon davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakultetida talaba-yoshlarning ijtimoiy-psixologik holatini o‘rganish, ularni turli salbiy holatlardan himoya qilish hamda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda universitet psixologi Nargiza Abdullayeva hamda universitet profilaktika inspektori Zulhumor Xayitova ishtirok etishdi. Suhbat davomida talabalar bilan sog‘lom turmush tarzi, ijtimoiy faollik, psixologik barqarorlik va mas’uliyatli qaror qabul qilish kabi mavzular atroflicha muhokama qilindi.
Mutaxassislar yoshlarning ichki dunyosini anglash, stressni boshqarish va to‘g‘ri muloqot madaniyatini shakllantirish bo‘yicha foydali tavsiyalar berdilar. Tadbir davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi, ularning fikr-mulohazalari tinglandi.
Mazkur uchrashuv talabalarning psixologik xabardorligini oshirish va ularni hayotda ongli tanlovlar qilishga undashga xizmat qildi.