Sanʼat va ijod uygʻunligʻi
Qoʻqon davlat universiteti Sanʼat va sport fakultetida Sanʼatshunoslik kafedrasi tomonidan “Sanʼat va ijod uygʻunligʻi” nomli ijodiy koʻrgazma hamda koʻrik-tanlov oʻtkazildi.
Ushbu tadbir sanʼatga mehr qoʻygan yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, ularni yuksak badiiy tafakkur va estetik ruhida tarbiyalashga qaratildi.
Koʻrgazmada kafedra oʻqituvchilari, talabalar va magistrantlar oʻzlarining turli yoʻnalishlardagi — rassomlik, dizayn hamda grafik ishlari bilan faol ishtirok etishdi. Namoyish etilgan asarlar orasida kuz faslining rang-barang manzaralari, inson ruhiyatidagi nozik kechinmalar va tabiatning betakror goʻzalligi aks ettirilgan.
Tadbir davomida ishtirokchilar oʻz ijodiy ishlari haqida fikr almashishdi, ustozlar tomonidan sanʼat asarlariga badiiy tahlil berildi. Koʻrgazma mehmonlari yosh ijodkorlarning mahorati va yangicha yondashuvlarini yuksak baholadilar.
“Sanʼat va ijod uygʻunligʻi” nafaqat ijodiy tanlov, balki sanʼatga mehr, ilhom va mahoratni birlashtirgan madaniy voqea boʻldi. Tadbir yosh rassom va dizaynerlar uchun oʻz qobiliyatlarini namoyon etish, tajriba almashish va ilhom olish maydoniga aylandi.