“Besh tashabbus olimpiadasi” yengil atletika musobaqalarida gʻoliblar taqdirlandi
Qoʻqon davlat universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilgan yengil atletika musobaqalari oʻz nihoyasiga yetdi. “Yoshlik” stadionida davom etgan bellashuvlar talaba-yoshlarning kuch, chaqqonligini sinovdan oʻtkazgan haqiqiy sport musobaqasi boʻldi.
Musobaqalarda universitetning barcha fakultetlaridan 4 tadan jamoa ishtirok etdi. Talabalarning harakatida gʻalabaga ishonch, qatʼiyat va jismoniy tayyorgarlik yaqqol namoyon boʻldi.
Yakuniy natijalarga koʻra, I oʻrinni Sanʼat va sport fakulteti 1 jamoasi, II oʻrinni Sanʼat va sport fakultetining 2-jamoasi, III oʻrinni esa Xorijiy filologiya fakulteti jamoasi qoʻlga kiritdi.
Gʻolib va sovrindor jamoalarga diplomlar, esdalik sovgʻalari topshirildi.