Orqaga
Calendar icon

Qo‘qon davlat universitetida ilmiy yutuqlar e’tirof etildi

Qo‘qon davlat universitetida o‘tkazilgan Kengash majlisi doirasida OAK qaroriga asosan ilmiy daraja va unvonlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga tantanali ravishda diplomlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirda universitet rektori, professor Dilnoza Xodjayeva ilmiy unvon va darajalarni qo‘lga kiritgan pedagoglarni tabriklar ekan, bu yutuqlar jamoaning ilmiy salohiyatini oshirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarining samarasi ekanini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, ilmiy tadqiqotlarning kuchayishi ta’lim sifatini yuksaltirish, yosh olimlarni tarbiyalash hamda universitetning ilmiy nufuzini oshirishda muhim omil ekani qayd etildi.

Taqdirlangan professor-o‘qituvchilar o‘z chiqishlarida hamkasblari va rahbariyatga minnatdorlik bildirar ekan, kelgusida ham ilmiy izlanishlar, ta’lim jarayonlarini takomillashtirish va fan taraqqiyotiga hissa qo‘shishda faol bo‘lishlarini ta’kidladilar.