Qo‘qon davlat universiteti professori tomonidan yangi o‘quv qo‘llanmalar yaratildi
Qo‘qon davlat universiteti Xalq ijodiyoti kafedrasi v.b professori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muxsinjon Mo‘minov tomonidan “Yakkaxon xonandalik” va “Ashulachilar ansambli” nomli o‘quv qo‘llanma hamda darsliklar yaratildi.
Mazkur nashrlar musiqa ta’limi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, sahna madaniyati va ijrochilik mahoratini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Muallif o‘quv qo‘llanmalarida yakkaxon ijro san’ati, vokal texnikasi, ansamblda ijro qilish tamoyillari, shuningdek, milliy musiqamizning boy ijrochilik an’analarini o‘quv jarayoniga uyg‘unlashtirgan.