“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida yengil atletika musobaqalari start oldi
Bugun Qo‘qon davlat universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi yengil atletika musobaqalari start oldi. “Yoshlik” stadionida bo‘lib o‘tayotgan ushbu sport bayrami talaba-yoshlar uchun nafaqat kuch va chaqqonlik sinovi, balki do‘stlik sog‘lom raqobat maydoniga aylandi.
Mazkur musobaqalar Prezidentning besh muhim tashabbusi doirasida yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, ularning irodaviy sifatlari va yetakchilik ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilmoqda.
Musobaqalarda universitetning barcha fakultetlaridan 4 tadan jamoa ishtirok etmoqda. Har bir jamoa 400 metr masofaga mo‘ljallangan estafeta poygasida kuch sinashmoqda. Bellashuvlarda qizlar va yigitlardan iborat jamoalar tezlik va chaqqonliklarini sinovdan o‘tkazishmoqda.
Musobaqaning birinchi kuni hayajonli onlarlarga boy tarzda o‘tdi. Stadionda talabalar, murabbiylar hamda tomoshabinlar uchun haqiqiy sport muhitini his etish mumkin bo‘ldi. Har bir chiqish ishtirokchilar uchun sinov, fakultetlar uchun esa g‘urur masalasiga aylandi.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, g‘olib va sovrindor jamoalar viloyat bosqichiga yo‘llanma, diplomlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Bu esa musobaqaga qo‘shimcha rag‘bat va ishtiyoq bag‘ishlamoqda.
Musobaqalar 31-oktabrga qadar davom etadi.